Pedagoglarga tavsiya
O'quv yilini qanday rejalashtirish kerak?
✅ Ish faoliyatingizdan mamnun bo'lish uchun kelgusi 9 oyda oʻquvchilarga nimani o'rgatishni rejalashtirishni boshlang. Bu sizga nafaqat o'z malakangizni rivojlantirishga, shu bilan birga ta'lim taraqqiyotidagi yuksalishga ham katta yordam beradi! Faqat siz bu qadamlarni qo'yishingiz kerak
➖ Materialingizga e'tibor bering
Qaysi materialni yaroqsiz deb hisoblaysiz? Qaysi darsliklardan foydalanasiz? Oldin nima yaxshi ishlagan? Darslik kitoblariga qo'shimcha ravishda qanday materiallardan foydalanish mumkin? Papkalarni yarating, o'zingiz yaratgan materiallarni qo'shing va ularni mantiqiy tartibda joylashtiring.
➖ Vaqtingizga e'tibor bering
Sizda qancha vaqt bor? Kurs kitoblaringizda nechta modul va birlik bor? Eng muhim mavzular nima? Siz har biriga qancha vaqt ajratishingiz mumkin (agar sizda erkinlik bo'lsa)? Nimani tashlash mumkin va nimani yaxshiroq ishlatish kerak?
➖ O'zingizning materialingizni taqvimga qo'ying.
Siz ega bo'lgan va sizga berilgan materiallar ro'yxatini tuzing va uni taqvimga qo'ying. Endi ajratilgan materialni har oy yoki haftaga ulang. Bayramlar, testlar va baholar haqida unutmang!
📌 Endi sizning miyangizda kelgusi o'quv yilining umumiy tasviri bor va *siz yil davomida o'zingizning fikrlaringiz va g'oyalaringiz* bilan ularni yanada boyitishingiz mumkin! Eng muhimi esa siz kelayotgan o'quv yilni qanday boshlashingiz kerakligini bilasiz va ko'nglingiz hotirjam bo'ladi. Bu esa sizdagi stress miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi